15 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

15.06.2022

MUHIM HODISALAR

15-17 iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

15 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39о, janubda va ba’zi joylarda 40-42о bo‘ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38o bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-29о bo‘ladi.