Issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo'yicha Yaponiya vakillari bilan uchrashuv
14.06.2022
Joriy yilning 13 iyun kuni O‘zgidromet Bosh direktor o‘rinbosari F.Safarov rahbarligida “O‘zgidromet” vakillari Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi, Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi hamda Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi vakillari bilan onlayn uchrashuvda ishtirok etdi. Uchrashuvda qo‘shma kreditlash mexanizmi doirasida hamkorlikni rivojlantirish va issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan loyiha takliflarini tayyorlash masalalari muhokama qilindi hamda kelgusida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni tayyorlash va imzolash masalasi ko‘rib chiqildi.