O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 13-17 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI
13.06.2022
Bulutli ob-havo quyoshli havoga o‘zgaradi, harorat yana ko‘tariladi
Bugun mamlakatimiz hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi termometr ustuni 30-35° dan yuqoriga ko‘tarilmaydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan biroz pastdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi, faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, shuningdek do‘l yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechalari 16-21°, kunduz kunlari 34-39° atrofida, janubiy va cho‘l hududlarida 40-42° gacha bo‘ladi.
13 va 14 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ehtiyot bo‘ling!