12 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
12.06.2022
MUHIM HODISALAR
12-17 iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ayrim tog‘li hududlarda do‘l yog‘ishi mumkin.
12-14 iyunda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
12 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududularida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35о,
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi,
12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-33о bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog’ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-24о bo‘ladi.