12 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 11 iyun soat 20 dan – 12 iyun soat 20 gacha

12 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 11 iyun soat 20 dan – 12 iyun soat 20 gacha

11.06.2022

MUHIM HODISALAR

11 iyunda respublika hududining baʼzi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
11-14 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarida do‘l yog‘ishi sababli, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

12 IYUNGA OB-HAVO PROGNOZI 11 iyun soat 20 dan – 12 iyun soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
17-19o, kunduzi 31-33o
bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bo’lishi mumkin. Harorat kechasi 15-20o, kunduzi 30-35o bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bo’lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23o, kunduzi 32-37o bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bo’lishi mumkin. Harorat kechasi 16-21o, kunduzi 30-35o bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar bo’lishi mumkin. Harorat kechasi 18-23o, kunduzi 33-38o bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22o, kunduzi 30-35o bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin, ayrim tumanlarda do’l yog’ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12o, kunduzi 20-25o bo‘ladi.