11 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.06.2022

MUHIM HODISALAR

11 iyunda respublika hududining baʼzi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
11-14 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarida do‘l yog‘ishi sababli, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

11 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarda va kunning ikkinchi yarmida respublikaning qolgan hududularida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39о, janubda va  cho’l hududlarda 32-37о gacha bo’ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 33-35o bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28о bo‘ladi.