10 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.06.2022
MUHIM HODISALAR
10-11 iyunda respublika hududining baʼzi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
10-14 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarida do‘l yog‘ishi sababli, tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
10 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39о, janubda va cho’l hududlarda 40-42о gacha bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39o bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-29о bo‘ladi.