Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida “Suv barqaror rivojlanish uchun” xalqaro harakatlar 10 yilligi doirasida II yuqori darajadagi anjuman o‘z ishini boshladi
08.06.2022
Joriy yilning 6-9 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida “Suv barqaror rivojlanish uchun” xalqaro harakatlar 10 yilligi doirasida II yuqori darajadagi anjuman o‘z ishini boshladi.
“Suv barqaror rivojlanish uchun” xalqaro harakatlar o‘n yilligi doirasidagi ochilish marosimida Tojikiston Respublikasining Prezidenti Imomali Raxmon ishtirok etib, tadbirni ochib berdi.
Tojikiston Respublikasining Prezidenti anjuman ishtirokchilarini qutlab, keyingi yillarda iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslari zahirasining qisqarib borayotgani to‘g‘risida to‘xtalib, mintaqamizda aholi soni oshayotgani va davlatlar iqtisodiyotining rivojlanishida suvning o‘rni yuqori ahamiyatga ega ekanligi va bu borada, Tojikiston tomonining mintaqaviy va xalqaro miqyosda olib borayotgan sa’yi-harakatlarini ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Ganiev delegatsiya rahbari etib tayinlandi.
Delegatsiya rahbari Sh.Ganiev nutqida O‘zbekistonda qishloq ho‘jaligi ekinlarini tomchilab sug‘orishga 100% o‘tish suvni tejashning asosiy omillaridan ekanligini ta’kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida O‘zgidromet Bosh direktori Sh. Habibullaev va Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori F. Agzamovlar ham anjumanda ishtirok etmoqdalar.