Shvesiyada Stokgolm+50 global atrof-muhit forumi bo‘lib o‘tdi
04.06.2022
2022-yilning 2-3-iyun kunlari Stokgolm shahrida (Shvesiya) O‘zbekiston delegatsiyasi 10- yillik Harakatlarga bag‘ishlangan xalqaro yig‘ilishida ishtirok etdi.
Yig‘ilish “Stokgolm+50: umumiy farovonlik uchun sog‘lom sayyora – bizning mas’uliyatimiz, bizning imkoniyatimiz” mavzusiga bag‘ishlangan. O‘zbekiston delegatsiyasida O‘zgidromet Bosh direktori Ibratjon Alijanovich Karimov ishtirok etdilar.
Stokgolm+50 yig‘ilishi BMTning insoniyatni o‘rab turgan muhiti bo‘yicha 1972-yilda bo‘lib o‘tgan konferensiyasi homiyligida global ekologik harakatning 50 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.
Yerning uch karrali sayyoraviy inqirozini (iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va ifloslanish) yengish muhimligini tan olib, ushbu tadbir BMTning 10-yillik harakatlar kontekstidagi rejalarni amalga oshirishni jadallashtirish uchun, barqaror taraqqiet sohasidagi maqsadlarga erishish uchun tramplin bo‘lishi kerak. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi haqidagi Parij bioxilma-xillik sohasidagi 2020 yildan keyingi COVID-19 pandemiyasidan barqaror tiklanish bo‘yicha “yashil o‘sish” strategik asosi rejalarini qo‘llab-quvvatlaydi.