2022 yil iyun oyi uchun O‘zbekiston Respublikasining lalmi va yaylov hududlari bo‘yicha namlik sharoiti xaritasi
02.06.2022

Iyun oyida respublika lalmi hududlarning aksariyat qismida qulay namlik sharoitlari normal holatga 81-100% kutilmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida va Samarqand viloyatining Nurobod tumanida tuproqning mo‘tadil namligi 50-80% tashkil qilishi kutilmoqda.
Navoiy viloyatining yaylov hududi va Ustyurtda tuproq namligining pastligi 50% kam tashkil qilishi kutilmoqda.