O‘zgidromet rahbari "Namangan xalqaro aeroporti" MChJda bo‘ldi

O‘zgidromet rahbari "Namangan xalqaro aeroporti" MChJda bo‘ldi

02.06.2022

O‘zgidromet rahbari "Namangan xalqaro aeroporti" MChJda bo‘ldi

Joriy yilning 2 iyun kuni  "Namangan xalqaro aeroporti" MChJda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining Bosh direktori Sherzod Khabibullayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida markaz Bosh direktori bugungi kunda innovatsiyalarni tadbiq etish zamon talabi ekanligi, xususan aeroportlarda meteoinovatsiyalarni tadbiq etish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan qator vazifalarni belgilab qo‘yilganligi to‘g‘risida  aytib o‘tdi.

Shuningdek, Sherzod Khabibullayev aeroportning meteo ta’minoti va jihozlarining holati bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Hamda aeroportda meteota’minotni yanada rivojlantirish davom etishini takidladi. Aeroport direktori Timur Xalilov Sherzod Khabibullayevga Respublikada yagona Namangan aeroportida KRAMS uchun zaxira meteouskunasi o‘rnatilganligi uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ushbu yo‘nalishda aeroportda bir qator ishlar olib borilayotkanligini kelgusida ham Namangan xalqaro aeroporti doimiy hamkorlikka tayyor ekanligi to‘g‘risida fikr bildirdi.

фото