2 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

2 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

02.06.2022

MUHIM HODISALAR

2 iyunda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, 3-4 iyunda respublikaning baʼzi joylarida shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

2-4 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, ayrim joylarida do‘l yog‘ishi sababli, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

 

2 IYUN KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 29-34о.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-33o bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim mumkin. Harorat 19-24о bo‘ladi.