2-5 IYUNGA VA OB-HAVO PROGNOZI
31.05.2022
2-5 IYUNGA VA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 iyunda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zon kuzatilishi mumkin. Harorat 2 iyunda kechasi 14-19°, kunduzi
27-32°, 3-4 iyunda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°, 5 iyunda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 iyunda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 2 va 4 iyunda 30-35°, 3 iyunda 28-33°, 5 iyunda 32-37° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-4 iyunda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zon kuzatilishi mumkin. Harorat 2 iyunda kechasi 13-18°, kunduzi
29-34°, 3 iyunda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, 4-5 iyunda kechasi 11-16°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 iyunda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 2 va 5 iyunda 32-37°, 3-4 iyunda 29-34° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 3-4 iyunda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 2-3 iyunda 28-33°, 4-5 iyunda 25-30° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, 2-4 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Ayrim hududlarda do’l yog’ishi mumkin. 5 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
2-3 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.