O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 30 MAY-3 IYuNGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 30 MAY-3 IYuNGA OB-HAVO PROGNOZI

30.05.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 30 MAY-3 IYuNGA OB-HAVO PROGNOZI

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bugun respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 25-28° atrofida bo‘ladi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, asosan, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ertaga va ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim kunlari tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat asta-sekin ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, 1-2 iyun kunlari kechalari 15-18°, kunduz kunlari 31-34° atrofida, janubda va cho‘l hududlarida 35-37° gacha bo‘ladi. 3 iyun juma kuni harorat foni 2-3° ga pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.