28 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
28.05.2022
SHOSHILINCH AXBOROT
28-29 mayda respublika bo‘yicha shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
28 mayda ayrim tog’li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, kuchli yomg’ir yog’ishi mumkin.
28-29 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
28 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda Havo o‘zgarib turadi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatida kunning ikkinchi yarimida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-26о.
Toshkentda Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 21-23о bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15о bo‘ladi.