27 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

27.05.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

27-29 mayda respublika bo‘yicha shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

27-28 mayda respublika hududi bo‘yicha, 29 mayda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 27-28 mayda ba’zi joylarda kuchli yomg’ir yog’ishi mumkin.

27-29 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida    sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

27 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda va kechga tomon  Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28о.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-28o bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi,  ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bol’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-17о bo‘ladi.