28-31 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

28-31 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

26.05.2022

28-31 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 29 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°; 30 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32°; 31 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 mayda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 29 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°; 30 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32°; 31 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 28 mayda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. 29 mayda kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. 30-31 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 mayda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 21-26°; 29 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 30 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°, 31 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 28 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. 29-31 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 mayda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 28 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°; 29-30 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32°, 31 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 28 mayda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. 29 mayda kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. 30-31 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 mayda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 28 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 18-23°, 29 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 21-26°, 30 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 31 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, 28 mayda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 mayda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 10-15°, 29 mayda kechasi 6-11°, kunduzi 10-15°, 30-31 mayda kechasi 8-13°, kunduzi
15-20° bo‘ladi.