26 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

26.05.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

26 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, cho‘l hududlarida va janubida, 27-29 mayda respublika bo‘yicha shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.

27-28 mayda respublika hududi bo‘yicha, 29 mayda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

27-29 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida
sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

26 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz buluti bo‘ladi, bazi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim tumanlarda chang-to’zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 32-37о.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 33-35о bo‘ladi.

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo biroz buluti bo‘ladi, bazi joylarda o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bol’ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27о bo‘ladi.