O‘zgidrometning agrometeorologiya bo‘yicha mutaxassislari Surxondaryo viloyatiga uyushtirgan safari natijalari bo‘yicha tafsilotlar

O‘zgidrometning agrometeorologiya bo‘yicha mutaxassislari Surxondaryo viloyatiga uyushtirgan safari natijalari bo‘yicha tafsilotlar

25.05.2022

O‘zgidrometning agrometeorologiya bo‘yicha mutaxassislari Surxondaryo viloyatiga uyushtirgan safari natijalari bo‘yicha tafsilotlar

Joriy yilning 23-26 may sanasida O‘zgidrometning agrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘i va prognozlash bo‘limi boshlig‘i X.Toshpo‘latov boshchiligida va bo‘lim mutaxasisslari Surxondaryo viloyatiga xizmat safari uyushtirdilar. Safar chog‘ida viloyatning Surxondaryo GMB, Boysun, Denov Sherobod va Sho‘rchi tumanidagi metestansiyalarining agrometeorologiya kuzatuv bo‘limining ishlash tartibi yuzasidan nazorat o‘tkazildi hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bo‘yicha xodimlariga uslubiy yordam berildi. Surxandaryo GMB agrometeorologi va O‘zgidrometning AKTPB yetakchi muxandisi N.Lev va 2 toifali muxandisi Z.Yermatova boshchiligida Surxondaryo GMB bosh agrometeorologi, stansiya boshliqlari bilan birgalikda Surxondaryo GMB, Boysun, Denov Sherobod va Sho‘rchi tumanlarining paxta va bug‘doy tomchilatib sug‘orish dalalarida avtoyo‘nalish va uslubiy o‘quv amaliyot olib bormoqdalar.

Agrometeorologiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni samaradorligini oshirish maqsadida, AKTPB xodimlari va Surxandare GMB xodimlari bilan birgalikda Denov tumani Agro klaster Boshligi A. Xojikulov bilan uchrashuv amalga oshirildi.