O‘zgidromet kuzatuv tarmog‘i bo‘yicha rejali tekshiruv ishlari
25.05.2022
O‘zgidrometning 10 may 2022 yildagi 32-T - sonli buyrug‘i asosida Gidrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘i boshqarmasi, meteorologik kuzatuvlar tarmog‘i bo‘limi mutaxissislari Navoiy TAM boshlig‘i bilan birgalikda yillik rejaga asosan Navoiy va Buxoro viloyatlarida joylashgan meteorologik stansiyalarida rejali tekshiruv va barometrni taqqoslash ishlarini olib borishdi. Xizmat safari davomida meteorologiya bo‘yicha uslubiy va amaliy qo‘llanmalar hamda, yangi formatdagi elektron kitobchalarni to‘ldirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi