26-29 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
24.05.2022
26-29 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27 mayda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
26 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 26-28 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 29 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27 mayda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 26 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 27 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°;
28 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 29 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 26 va 29 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 mayda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 26 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37°, 27 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28°,
28 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 21-26°; 29 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 26 va 29 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 mayda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26-27 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 26 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 34-39°, 27 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 29-34°,
28 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 27-32°; 29 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28 mayda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
27-28 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat 26 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37°, 27 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30°,
28 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 21-26°, 29 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27-28 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°; 27-28 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 15-20°; 28 mayda kechasi va kunduzi 10-15°; 29 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 12-17° bo‘ladi.