22 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
22.05.2022
MUHIM HODISALAR
22 mayda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 22 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 22-23 mayda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, do‘l yog‘ishi mumkin.
22-23 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
22 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kun davomida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kunning birinchi yarimida, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’gartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, mumkin. Harorat 18-23о.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarimida yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20о bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12о bo‘ladi.