22 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 21 may soat 20 dan – 22 may soat 20 gacha
21.05.2022
MUHIM HODISALAR
21-22 mayda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 21 mayda shimolda va cho‘l hududlarida, 22 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 21-23 mayda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, do‘l yog‘ishi mumkin.
21-23 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
22 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 21 may soat 20 dan – 22 may soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 o,
kunduzi 18-20 o bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqiy
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13o, kunduzi 20-25o bo‘ladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. G’arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqiy 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15o, kunduzi 20-25o bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqiy 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 18-23o bo‘ladi.
QASHQADARYO SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqiy 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin Harorat kechasi 15-20o, kunduzi 20-25o bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G’arbdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqiy 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 18-23o bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12o bo‘ladi.