21 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

21.05.2022

MUHIM HODISALAR

21-22 mayda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 21 mayda shimolda va cho‘l hududlarida, 22 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 21-23 mayda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, do‘l yog‘ishi mumkin.

21-23 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

21 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo biroz buluti bo‘ladi, bazi joylarda o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’gartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarida, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32о , shimolda 17-22о bo‘ladi.

Toshkentda Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-32 о bo‘ladi

Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’gartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25о bo‘ladi.