Suv kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish
20.05.2022
Ayni amda O‘zgidromet mutaxassisi Gulnoza Hamdamova suv kodeksini ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Ushbu hujjatni ishlab chiqishda suv resurslari bilan bog‘liq vazirlik va idoralar mutaxassislari, ishchi guruh a’zolari, shuningdek, xalqaro ekspertlar jalb etilgan. Mazkur yig‘ilishda suvdan foydalanish rejasini ishlab chiqish, suv olish chegaralarini belgilash va suvdan foydalanish bo‘yicha shartnomaviy munosabatlar masalalari muhokama qilinmoqda.