ShOShILINCh AXBOROT!

ShOShILINCh AXBOROT!

20.05.2022

ShOShILINCh  AXBOROT!

Joriy yilning 17 may kuni O‘zgidromet 18-23 may kunlari shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, hamda tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi haqida ogohlantirish bergan edi.

20 may holatiga ko‘ra 21 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 22 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 23-28 m/s ga yetishi mumkin. Ayrim joylarda shamol chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Yurtimiz aholisi va mehmonlaridan ehtiyot choralarini ko‘rishni, hamda mashinalarni daraxtlar va reklama taxtalari ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz.