22-25 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

22-25 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

20.05.2022

22-25 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat  22 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°; 23 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°; 24-25 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 22 mayda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi.
23-25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi
,
22 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat  
22 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 20-25°; 23 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°; 24 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35°, 25 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 22 mayda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 23-25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 mayda ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha
kuchayadi, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 18-23°; 23 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°; 24 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 28-33°; 25 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 22 mayda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 23-25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 mayda ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha
kuchayadi, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 20-25°; 23 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 25-30°; 24 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°; 25 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 22 mayda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 23 mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 24-25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 22-23 mayda 23-28°, 24 mayda 25-30°, 25 mayda 27-32° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 22-23 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘adi, do‘l yog‘ishi mumkin, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 24-25 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 22 mayda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22 mayda kechasi va kunduzi 10-15°; 23 mayda kechasi 5-10°, kunduzi 13-18° bo‘ladi; 24-25 mayda kechasi 10-15° gacha ko‘tariladi, kunduzi 20-25° bo‘ladi.