20-23 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

20-23 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

18.05.2022

20-23 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 mayda  ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.  Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat  kechasi 20-21 mayda 14-19°, 22-23 mayda 12-17°, kunduzi 20 mayda 30-35°, 21-22 mayda 23-28°, 23 mayda 25-30° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 mayda 14-19°, 23 mayda 12-17°, kunduzi 20-21 mayda 30-35°, 22 mayda 23-28°, 23 mayda 25-30° bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 20 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21 va 23  mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32°; 21 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30°; 22 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 23-28°; 23 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 22 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 mayda 15-20°, 23 mayda 13-18°, kunduzi 20-21 mayda 30-35°, 22-23 mayda
2
7-32° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 20 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 21 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 22-23 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-21 mayda 25-30°, 22-23 mayda 23-28° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘adi, do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13o, kunduzi 20-21 mayda 17-22o,
22
-23 mayda 12-17o bo‘ladi.