18 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
18.05.2022
MUHIM HODISALAR
18-23 mayda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
18 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, momoqaldiroq paytida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29o bo‘ladi.
Respublikaning tog’ oldi va togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-19o bo‘ladi.