O‘zgidromet xodimlari Delft-FEWS va Wflow dasturlari bilan yaqindan tanishdilar
17.05.2022

Joriy yilning 10-13 may kunlari O‘zgidromet majlislar zalida O‘zgidromet hududiy boshqarmalari xodimlari Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tashkillashtirilgan, “Gidrometeorologik ma’lumotlarni boshqarish va gidrologiyada modellashtirish” mavzusidagi o‘quv seminarida ishtirok etdilar. O‘quv seminari davomida O‘zgidromet xodimlari Delft-FEWS va Wflow dasturlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘quv seminari yakuni bo‘yicha O‘zgidromet xodimlariga tegishli sertifikatlar taqdim etildi.