14 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.05.2022

MUHIM HODISALAR

14 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

14 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, havo o‘zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechga tomon Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-22o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim hududlarda momaqaldiroq va do‘l bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-19o bo‘ladi.