O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 13-15 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 13-15 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

13.05.2022

O‘ZBEKISTON BO‘YIChA 13-15 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

Shanba kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq kuzatiladi, yakshanba kuni havo quruq va kam bulutli bo‘ladi

Bugun O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan salqin va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Atmosfera fronti kirib kelishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq paytida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi harorat 23-28° atrofida bo‘ladi.

14 may kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida momaqaldiroqli qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va shiddatli shamollar bilan ob-havoning beqarorligi saqlanib turadi. Yomg‘ir yog‘ganda kunduzi havo harorati 20-23° gacha pasayadi, bu may oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 3-4° ga pastdir.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 13-14 may kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli yog‘adi, sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.

15 may yakshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduz kuni havo harorati 25-28° gacha ko‘tariladi.