13 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

13.05.2022

MUHIM HODISALAR

13 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

13 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ertalab, respublikaning qolgan hududlarida kun davomida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarimida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17o, kunduzi 25-27o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joydarda kuchli bo‘ladi, ayrim hududlarda momaqaldiroq va do‘l bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20o bo‘ladi.