14-17 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
12.05.2022
14-17 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 21-26°, 15 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29°, 16 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 28-33°, 17 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 21-26°, 15 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28°, 16 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32°, 17 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 14 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 15-17 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 14 mayda 20-25o, 15 mayda 23-28°, 16-17 mayda 25-30° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-15 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°, 16-17 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 14 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 15-17 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 14 mayda 20-25°, 15 mayda 22-27°, 16-17 mayda 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 14 mayda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 15 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16-17 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-15 mayda kechasi 6-11°, kunduzi 10-15°, 16-17 mayda kechasi 8-13° kunduzi 13-18° bo‘ladi.