Samarqandagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zgidromet mutaxassislari ishtirok etdilar
10.05.2022

Joriy yilning 5-7 may kunlari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universitetida "Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalardagi transchegaraiy hududlar: hamkorlik imkoniyatlari va muammolari" mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zgidromet mutaxassislari ishtirok etdilar. Konferensiyada transchegaraviy daryolarning rejimi, turizm, geografiya va iqtisod sohalari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan bir qator ilmiy ma’ruzalar tinglandi. O‘zgidromet mutaxassislari ilmiy-amaliy konferensiyada bir qator bilim va ko‘nikmalar hosil qilib, qo‘shni respublika mutaxassislari bilan tajriba almashishdi.