10 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
10.05.2022
MUHIM HODISALAR
10-11 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:
10 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, 11 mayda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shaml 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
10-11 mayda kunduzgi havo harorati 20-25о gacha pasayadi.
10-13 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
10 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 21-23o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 10-15o bo‘ladi.