10 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 9 may soat 20 dan – 10 may soat 20 gacha

10 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 9 may soat 20 dan – 10 may soat 20 gacha

09.05.2022

MUHIM HODISALAR

9-11 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:

9 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida;

10 mayda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;

10-11 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

9-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

10-11 mayda kunduzgi havo harorati 20-25o gacha pasayadi.

9-13 mayda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.

 

10 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

9 may soat 20 dan – 10 may soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-20o, kunduzi 23-25o bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13o, kunduzi 18-23o bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 22-27o bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20o, kunduzi 23-28o bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22o, kunduzi 23-28o bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20  m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12o, kunduzi 13-18o bo‘ladi.