11-14 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
09.05.2022
11-14 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27°, 12 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29°; 13-14 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol harqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 11 mayda 22-27°, 12-14 mayda 24-29° bo‘ladi.
TOSHKENT SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 11 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12-14 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 11 mayda 20-25o; 12-14 mayda 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 11 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12-14 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30o; 12-14 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 11 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30o; 12-14 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 11-12 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 11 mayda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13-14 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 11 mayda 20-25°, 12-14 mayda 22-27° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 11 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12-14 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.