9 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.05.2022

MUHIM HODISALAR

9-11 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:

9-mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida;

10-mayda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;

10-11 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

9-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

10-11 mayda kunduzgi havo harorati 20-25о gacha pasayadi.

9-13 mayda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

9 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadiba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, shimolda va cho‘l hududularda 22-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda changli to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat 32-37o, shimolda 20-25o bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-36o bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28o bo‘ladi.