9 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 8 may soat 20 dan – 9 may soat 20 gacha
08.05.2022
MUHIM HODISALAR
9-11 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:
9 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
10 mayda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
10-11 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
8-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
10-11 mayda kunduzgi havo harorati 20-25o gacha pasayadi.
9-13 mayda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
9 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
8 may soat 20 dan – 9 may soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-19o, kunduzi 34-36o bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19o, kunduzi 20-25o bo‘ladi.
BUXORO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.
NAVOIY VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.
TOSHKENT, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20o, kunduzi 32-37o bo‘ladi.
SAMARQAND VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20o, kunduzi 32-37o bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22o, kunduzi 32-37o bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22o, kunduzi 32-37o bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 30-35o bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15o, kunduzi 23-28o bo‘ladi.