10-13 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
08.05.2022
10-13 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 mayda 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23°; 11 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27°, 12-13 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 10 mayda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 mayda 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°, 11 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 12-13 mayda kechasi 12-17° bo‘ladi.
TOSHKENT SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 10-11 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12-13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28°, 11 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25o; 12-13 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 10-11 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12-13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28°, 11 mayda kechasi 15-20°, kunduzi
25-30o; 12-13 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 10 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 11-13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28°, 11 mayda kechasi 15-20°, kunduzi
25-30o; 12-13 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 10-11 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 11 mayda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 12 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 10 mayda 23-28°; 11 mayda 20-25°, 12-13 mayda 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 10-12 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 10-11 mayda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 13 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.