O‘zgidrometda “O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmati markazi tashkil etilganligining 101 yilligi”ga bag‘ishlangan Matbuot anjumani
07.05.2022
Joriy yilning 7 may kuni O‘zgidrometda “O‘zbekistonda gidrometeorologiya xizmati markazi tashkil etilganligining 101 yilligi”ga bag‘ishlangan Matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanni O‘zarxiv agentligi matbuot kotibi Anvar Orifjonovich ko‘tarinki ruhda olib bordi. Gidrometeorologiya va iqlimshunoslik sohasini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini gidrometeorologik va iqlimiy o‘zgarishlar bilan ta’minlash, tizimni takomillashtirish borasida OAV vakillari o‘rni va hamkorligi haqida O‘zgidromet Bosh direktori Sherzodho‘ja Habibullaev minnatdorchilik bildirib barcha soha vakillarini tabrikladilar.
O‘zgidromet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari meteorologiya, agrometeorologiya, gidrologiya, iqlimiy ma’lumotlar bilan ta’minlash, xavfli hodisalar monitoringi, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi, aviatsiya, mudofaa va ixtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun mahsus tezkor gidrometeorologik xizmat ko‘rsatish hisoblanadi. Shuningdek, aholiga muntazam ravishda, ommaviy axborot vositalari orqali kutilayotgan va ro‘y berayotgan ob-havo sharoitlari, tabiiy gidrometeorologik hodisalar, atrof tabiiy muhit ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazib beradi.
So‘nggi yil davomida gidrometeorologiya sohasini huquqiy tartibga solish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarori va 1 ta farmoyishi hamda 1 ta qonun qabul qilindi.
O‘zgidrometda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilganlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “nis.uz” reytingli axborot tizimiga kiritilib yil yakuni bo‘yicha 87.83 ball bilan reytingda 5 o‘rinni egallangan holda yashil hududga chiqishga erishildi.
Gidrometeorologik va atrof muhit ifloslanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy ravishda O‘zbekitson Respublikasining ochiq ma’lumotlar portaliga hamda O‘zgidrometning rasmiy veb-saytiga joylashtirib borilmoqda.
Sun’iy intellekt sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ma’lumotlarini Ochiq ma’lumotlar portaliga ma’lumotlar uzatilmoqda. Hozirda agrometeorologik, gidrologik, meteorologik va atrof muxit ifloslanishi to‘g‘risidagi 18 turdan ochiq ma’lumotlar Yagona gidrometeorologik ma’lumotlarning ochiq portali “data.meteo.uz” geoportallarida joylashtirildi.
O‘zgidromet va Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘rtasidagi o‘zaro elektron ma’lumot almashinuvi bo‘yicha tasdiqlangan Texnologik yo‘riqnomaga asosan Yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlar doimiy ravishda taqdim etib borilmoqda.
Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimi bilan atmosfera ifloslanishi bo‘yicha elektron hamkorlik doirasida 24/7 onlayn rejimda ma’lumot taqdim etib borilmoqda.
Meteorologik stansiyalar soni 75 taga, qor ko‘chki stansiyalari 5 taga ortdi, avtomatlashtirilgan meteorologik stansiyalar ulushi 14 foizdan 70 foizga yetkazildi. Natijada turli barvaqtlikdagi ob-havo prognozlari ishonchliligi sutkalik 92 foizga, 2-3 sutkalik 90 foizga, 4-5 sutkalik 88 foizga, shtorm ogohlantirishlar oqlanish darajasi 90 foizga yetkazildi.
Jahon banki bilan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 50 ta avtomatik meteostansiyalar, 1 ta mobil ekologik laboratoriya va 1 dona superkompyuter uskunasi, shuningdek, “Zamin” xalqaro jamoat fondi hisobidan 2 ta avtomatlashgan atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi stansiyalari o‘rnatildi.
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari qishloq xo‘jaligi hududlarida joylashgan 12 ta avtomatik agrometeorologik stansiyalar o‘rnatildi. Mazkur stansiyalarda o‘simliklar namligi va zichligi, yog‘in miqdori, tuproq harorati hamda namligini avtomatik usulda har o‘n daqiqada aniqlash yo‘lga qo‘yildi.
Koreya meteorologiya administratsiyasi va Jahon meteorologiya tashkiloti bilan xamkorlikda gidrometeorologik fondda saqlanayotgan qog‘oz shakldagi ma’lumotlarni raqamlashtirish orqali ma’lumotlar elektron bazasini yaratish bo‘yicha loyixa amalga oshirilmoqda.
Ilgari kuzatuv natijalari har 3 soatda ratsiya orqali uzatilgan bo‘lsa, sohada IT-texnologiyalarni takomillashtirish natijasida ma’lumotlar markazga avtomatik tarzda 10 daqiqada GSM/sputnik orqali uzatib borilishi ta’minlandi.
MODIS uskunasi modernizatsiya qilindi natijada kuniga 4 marta respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida qor qoplami balandligini o‘lchash orqali suv miqdori hisobini yuritish va qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetatsiya indeksi zichligini aniqlashga erishildi.
Buxoro viloyati hududida 1 ta meteorologik radiolakator tarmog‘i qurib bitkizildi va ishga tushirildi, hamda Namangan viloyati uchun 1 ta meteorologik radiolakator majmuasi xarid qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
«Yashil iqlim jamg‘armasi» hisobidan umumiy qiymati 10 mln dollar bo‘lgan grant loyihasi imzolanib, amalga oshirish jarayoni boshlandi.
Gidrometeorologik, agrometeorologik hamda atrof muhit ifloslanishi kuzatish stansiya va postlari bo‘yicha 2021 yilda 30 ta ob’ektlarda qurilish ishlar amalga oshirildi.
Iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini yumshatishga yo‘naltirilgan Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 3 mlrd so‘m bo‘lgan 4 ta loyiha moliyalashtirildi
Soha bo‘yicha ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan xizmatlar hajmi 2 baravarga yetkazildi.
Gidrometeorologiya sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universiteti va Rossiya Davlat Gidrometeorologiya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi asosida 2021-2022 o‘quv yili uchun jami 113 ta, O‘zbekiston Milliy universiteti Gidrometeorologiya yo‘nalishining mahsus sirtqi yo‘nalishiga jami 75 ta xodim xujjat topshirdi, hamda Toshkent gidrometeorologiya texnikumiga 2021-2022 o‘quv yili uchun jami – 452 ta ariza kelib tushgan.
Jahon meteorologiya tashkilotning o‘quv dastur doirasida asosida soha xodimlarining 36 nafari o‘z malakalarini oshirib sertifikatlarga ega bo‘ldilar.