7 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.05.2022
MUHIM HODISALAR
8-mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 9-11 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:
9-mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
10-mayda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;
10-11 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
8-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
10-11 mayda kunduzgi havo harorati 20-25о gacha pasayadi.
7 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-35o bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25o bo‘ladi.