SHOSHILINCH AXBOROT

SHOSHILINCH AXBOROT

06.05.2022

SHOSHILINCH AXBOROT

Joriy yilning 8-may kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga va 9-11 may kunlari respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo kirib keladi.

8-mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 9-11 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin, jumladan:

9-mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida;

10-mayda Buxoro, Navoiy viloyatlarida;

10-11 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

8-10 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol
15-20 m/s gacha, shimolda va cho‘l hududlarda 22-25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

10-11 mayda kunduzgi havo harorati 20-25° gacha pasayadi.

фото
 

2022 yil 11 may yog‘ingarchilik miqdori (12 soatda mm) tarqalishi xaritasi.