8-11 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
06.05.2022
8-11 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 8-10 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 9-10 mayda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. 11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10 mayda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha, ayrim tumanlarda changli to’zon bo’lishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 12-17°, kunduzi
22-32°; 9 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°; 10 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°,
11 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 8 va 11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-10 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 10 mayda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10 mayda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda 22-25 m/s gacha, ayrim tumanlarda changli to’zon bo’lishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 32-37°, 9 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 22-27°, 10-11 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.
TOSHKENT SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-11 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 10 mayda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 9 mayda kechasi 15-20°, kunduzi
32-37°, 10-11 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 8 va 11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-10 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 10 mayda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 35-40°, 9 mayda kechasi 17-22°, kunduzi32-37°, 10 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°, 11 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 8-9 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 10-11 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 8-9 mayda 30-35°, 10-11 mayda 25-30° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-11 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16°, kunduzi 8-9 mayda 23-28°, 10-11 mayda 13-18° bo‘ladi.