5 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 4 may soat 20 dan – 5 may soat 20 gacha

5 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 4 may soat 20 dan – 5 may soat 20 gacha

04.05.2022

MUHIM HODISALAR

4 mayda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin;
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba’zi joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Joriy yilning 4-5 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

5 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI 4 may soat 20 dan – 5 may soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat
kechasi 15-17o, kunduzi 27-29o bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 23-28o bo‘ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18o, kunduzi 24-29o bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20o, kunduzi 28-33o bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin.
Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17o, kunduzi 25-30o bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13o, kunduzi 13-18o bo‘ladi.