3 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
03.05.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 3-4 may kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
3-4 mayda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.
3-4 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin;
4 mayda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin;
3-4 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba’zi joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati 22-25o gacha pasayadi.
Joriy yilning 3-5 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
3 MAY KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang to’zon bo’lishi mumkin. Harorat 22-27o bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi, ba’zi joylarda kuchli mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23o bo‘ladi.