3-6 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
01.05.2022
3-6 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 3 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 4-6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda changli to’zon bo’lishi mumkin. Harorat 3 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 21-26°, 4 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28°, 5 mayda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°, 6 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 3 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 4-6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim tumanlarda changli to’zon bo’lishi mumkin. Harorat 3 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 25-30°, 4 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 25-30°, 5 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32°, 6 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 3-5 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 22-27°, 4 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°, 5-6 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi
SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 3-4 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 5-6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 22-27°, 4 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°, 5-6 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 3-4 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 5-6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 mayda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, 3 mayda ayrim tumanlarda changli to’zon bo’lishi mumkin. Harorat 3 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, 4-5 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°, 6 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 27-32°, 4 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 22-27°, 5 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 24-29°, 6 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 3-4 mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 5-6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
3-4 mayda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.