O‘zgidrometda umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
30.04.2022
30 aprel kuni Gidrometeorologiya xizmati markazida “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” milliy qadriyatlarimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni kuchaytirish, hududlarni obodonlashtirish maqsadida umumxalq xayriya obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hashari o‘tkazildi.
Hashar ishtirokchilari - O‘zgidromet, „Meteoinfokom” ATB, GMITI va viloyatlardagi gidrometeorologiya boshqarmalari mehnat jamoalari hududlarni obodonlashtirish va tozalash, daraxtlarni parvarish qilish ishlarida ko‘tarinki ruhda, musiqa sadolari ostida ishtirok etdilar.