30 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
30.04.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 3-4 may kunlari O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib keladi.
3-4 mayda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin.
3-4 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin;
4 mayda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin;
3-4 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba’zi joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati 22-25o gacha pasayadi.
30 APREL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-32o bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29-31o bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25o bo‘ladi.